Mavzu:
Davlat mulkini xususiylashtirish. ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining
shakllanishi. Reja: 1.
Davlat mulkini xususiylashtirish
zaruriyati. 2.
Davlat mulkini xususiylashtirish
tamoyillari. 3.
Xususiylashtirishning huquqiy negizlari. 4.
Xususiylashtirishning yangi bosqichi. 5.
Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etish-ning asosiy sharti: 1) davlat mulkini xususiylashtirish; 2) ko'p ukladli iqtisodiyotni
vujudga keltirish; 3) ishlab chiqarish korxonalari va mulkdorlar o'rtasida o'zaro raqo-batlashish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish; 4) mulkdorlar sin-fini shakllantirishdan iboratdir. Albatta bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan bu
hususiyatlar mustamlakachilik
tizimiga asoslangan sobiq Sho'ro saltanati
uchun begona edi. лSotsialistik╗ tuzum nomi bilan
yuritilgan Sho'rolar davridagi ishlab chiqarishning moddiy asosini sotsialistik umumxalq mulki tashkil etar edi.
Amalda esa markaz-lashtirilgan davlat mulki hisoblanar edi. Shu boisdan
ham Sho'ro tuzumi davrida iqtisodiyotning bozor munosabatlari bilan rivojla-nish imkoniyati yo'q edi. U faqat
markazlashtirilgan rejalashtirish
yo'lidan borishi mumkin edi. O'zbekiston Respublikasi ko'p ukladli iqtisodiyotni
vujudga keltirish maqsadlarini ko'zlab davlat mulkini xususiylashtirish yo'lini tutdi. Bu yo'l
jahon davlatlari tajribasida hayotda o'zini oqlagan yo'ldir. Bu yo'ldan
dunyoning rivojlangan va rivojlanayot-gan Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Filippin singari davlatнlari ham bormoqdalar. Mamlakatimizda xususiylashtirish
jarayonini tashkil qilish va unga
rahbarlik qilish maqsadida 1992- yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo'mitasi ta'sis qilindi. 1994- yilga kelib uning
vazifalari o'zgartirildi. Endi u Davlat
mulнkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvallash Davlat qo^mitasiga aylantirildi. Mazkur qo'mita zimmasiga bir qator
muhim vazifalar yuklatildi. Ular quyidagilardan iborat edi: ╖
ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda yagona siyosatni amalga oshirish va tadbirkorlikni
qo'llab-quwatlash; ╖
mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish; ╖
xususiy biznes rivojlanishiga yordam ko'rsatish va boshqalar. Xususiylashtirish tanlov va kimoshdiа savdosiа orqali amalga oshirildi, bu tartib takomillashib bordi. Dastlab savdo-sotiqqa faqat mol-mulkning o'zi qo'yilgan bo'lsa, keyinroq xususiylashtirilayot-gan
mol-mulk joylashgan yer uchastkalar, yangi qurilish qilish uchun yer
maydonlari ham kimoshdi savdosiga qo'yildi. Xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag'lar tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash
uchun berildi. Bu jarayon ham
O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan o'ziga xos yangi
tajriba sifatida dunyo mamlakatlarida katta qiziqish uyg'otdi. Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident J.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari xususiy-lashtirish jarayonini amalga oshirishning nazariy-ilmiy va amaliy asosi
bo'lib xizmat qildi. Chunki unda
O'zbekistonning o'ziga xos shart-sharoitlari, xususiyatlari va talablari bar tomonlama
hisobga olinganligidan tashqari jahon mamlakatlarining bu boradagi ilg'or tajribalari ham chetlab o'tilmagan edi. Buni nimalarda
ko'rish mumkin? Birinchidan, xususiylashtirish
qandaydir kishilar yoki ma'lum mafkura
manfaati uchun bo'ysundirilmadi. лDavlat Чbosh islo-hotchi╗ tamoyiliga amal qilindi. Davlat xususiyfashtirishni bosh-qarib bordi. Ikkinchidan, O'zbekistonda chek vositasi bilan
xususiyнlashtirish g'oyasidan
voz kechildi, davlat mol-mulki yangi mulk-dorga faqat sotish yo'li
bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi. Bunda
лtekin narsaning qadri ham bo'lmay-di╗ degan qoidaga amal qilindi. Uchinchidan,
xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta'min-lash va uni bosqichma-bosqich
amalga oshirish yo'lidan borildi. Shuning
uchun 1991- yil 18- noyabrda O'zbekiston Respub-likasi Oliy Kengashining VIII
sessiyasida mulkni лDavlat tasarrufi-dan chiqarish va xususiylashtirish
to'g'risida╗gi Qonun qabul qilinнdi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini
o'zgartirish sohasidagi ishlar mamlakat hamda hududiy maqsadga
bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar
asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yikli. Albatta,
bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo'na-lishlarni belgilash imkonini
beradi. Masalan,
dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo,
mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxo-nalarini hamda qishloq xo'jalik
mahsulotlarini tayyorlash tizirnini, xullas лkichik xususiylashtirish╗
jarayonini qamrab oldi. ╖
yilga
kelib O'zbekiston aholisining asosiy qismi qaysidir shakldagiаа mulkа
egasiа bo'ldi.аа Davlatаа
ahamiyatigaа egaа bo'lgan obyektlardan tashqari barcha mulkka
fuqaroning o'zi egalik qilmoqda. ╖
yilning
birinchi yarmiga kelib mamlakatda 698 korxona va obyekt davlat tasarrufidan
chiqarildi. Ushbu аxususiylashtirishdan tushgan
jami mablag' 22,5 milliard so'mni tashkil qildi. Yuqorida aytilganidek, birinchi bosqichda (1992Ч1993) 1 milнlion kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada
o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar
xususiylashtirilishi evaziga
mulkdorga aylandi. 1991- yil 18- noyabrda O'zbekiston Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkniаа лDavlatаа tasarrufidanаа chiqarishаа vaаа xususiylashtirish to'g'risida╗gi Qonun qabul qilindi.
Unga ko'ra xususiylashtirish va mulkchilik shakllarini o'zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi. Mamlakat Oliy Majlis mulkdorlar sinfmi shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996- yil 25- aprelda o'zi-ning V sessiyasida лAksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlar hu-quqlarini himoya qilish haqida╗, лQimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat ko'rsatish mexanizmi to'g'risida╗ qonunlar qabul qildi. O'zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish 1990- yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona
tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnati-ga asoslangan
xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga aylandi. Sirdaryo shoyi to'qish fabrikasi
va boshqa qator korxonalar ijaraga o'tib ishlay
boshladi. Bu yerda to'plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini,
savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxpnalarini hamda qishloq xo'jalik
mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. Bu лkichik
xususiylashtirish╗ deb nom oldi. Kichik xususiylashtirish
1994-yildayoq tugallandi. 1992Ч1994-yillarda 54 mingga yaqin korxona
va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ularning 18,4 mingtasi xususiy mulk bo'lib qoldi.
26,1 mingtasi aksiyadorlik,
8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara kor-xonalariga
aylandi. Har uch korxonaning ikkitasi mulkchilikning davlatga qarashli bo'lmagan shakliga ega bo'ldi. 1994- yilda mamнlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga
yaqin kishi ish bilan band
bo'ldi. Bir million kvartira yoki davlat
uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i xususiylashtirildi. Har uch
kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush
faxriylari va ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari bo'lishdi. 1994-
yil 21- yanvarda qabul qilin-gan лIqtisodiy islohotlarni chuqur-lashtirish
chora-tadbirlari to'g'risi-da╗gi va 1994- yil 16- martda qabul qilingan лMulkni
davlat tasarнrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada
rivojlan-tirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida╗gi Prezident Farmonlari
xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat
jihatidan yaxshilash imkonini berdi. Qabul
qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxona-larni ochiq turdagi
hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga mamlakat aholisini va
chet ellik investorlarni kengroq jalb qilish vazifasi qo'yildi. Qimmatli
qog'ozlar va ko'chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat
mulkini sotish bo'yicha kimoshdi savdolari va tanlovlari o'tkaziladigan bo'ldi. Xususiylashtirish
borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borildi. Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiy-lashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi
qabul qilindi. Bu das-turlarga muvofiq xalq xo'jaligidagi barcha soha
tarmoqlarini ommaviy Xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi
cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 1994- yil 29- martda tasdiqlangan davlat Dasturiga muvofiq
shu yilning o'zida 5127 obyekt xususiy-lashtirildi. Bundan tashqari qo'shimcha
tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy
tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta g'isht zavodini, 92 ta to'quvchilik
sexini sotib olishdi. Qishloq xo'jaligida esa mavjud bog'larning yarmidan
prtig'i, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi. Dehqon
xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi
paydo bo'ldi. 1994- yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi. 1995-
yili xalq xo'jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo'ldi. Yirik
korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlan-di. Shu yili mashinasozlik
kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg'i energetika, 55 ta qurilish
industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy kommunal xo'jaligi, 229
ta qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog'liq obyektlar
xususiylashti-rildi. Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq
turdagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga
keldi. O'zbekistonda
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog'ida aholi uchun imtiyozli tizim
yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayot-gan korxona xodimlariga imtiyozli
aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo'jaliklarining mol-mulki, fermalar,
bog'lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiylashtirildi. 1998-
yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog'i keskin ko'payganligi bilan
xarakterlanadi. Agar 1993- yilda mamlakatdagi jami korxonalarning 39,4 foizdan
ortiqrog'i davlatga tegishli bo'lmagan korxonalar bo'lgan bo'lsa, 1994- yilga
kelib bunday korxonalar 57,7 foizga va 1998- yilga kelib esa 88,2 foizga teng bo'ldi. O'zbekiston
Prezidenti I.Karimov o'zining лO'zbekiston iqti-sodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo'lida╗ asarida mustaqillik yil-larida respublikada
Xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ish-larga xulosa yasab bunday
degan edi: лMulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga
qaratilgan butun tadbirlar tizi-mining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi. Xuddi
shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar
poyde-voriga birinchi g'isht qo'yildi. Ushbu masalaning davr talablariga
muvofiq muvaffaqqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi
rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo'yadigan asosiy omildir╗. Davlat
mulkini Xususiylashtirish yuzasidan mam-lakatimizda olib borilgan katta
ko'lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko'p ukladli iqtisodiyot va
mulkdorlar sinfi vujudga keldi. 2003- yil boshiga kelib xususiy va kichik
korxonalar soni 120 mingdan oshib ketdi. To'plangan
tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish imkonini
berdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq
turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Qishloq
xo'jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga
ega bo'lgan xo'jalik tuzilmasini лO'zqishloqxo'jalikrnashxolding╗ni tashkil
etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent
agregat zavodi, лChirchiqqishmash╗ лO'zbekqishmash╗ aksionerlik jamiнyatlari
kabi yirik korxonalar kirdi. Bir
so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida Xususiylashtirish jarayoni O'zbekistonda
izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi. Mustaqillik
yillarida mamlakat ijti-moiy hayotida yangi iqtisodiy yo'nalish - -
tadbirkorlik keng rav-naq topdi va rivojlandi. Bu sohani qo'llab-quwatlash
tizimini yaratish masalasiga mamlakatimizda katta e'tibor berilmoqda va bu
sohaga Prezident I.Karimovning o'zi g'amxo'rlik qilmoqda. 1996-yil 12- martda
tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo'llab-quwatнlash maqsadida
лO'zbekistonda tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil
etish to'g'risida╗ Prezident I.Karimovning farmoni e'lon qilindi. Mazkur farmon
asosida mam-lakatimizda yakka tartibda mehnat faoliyati bilan band bo'lgan
jis-moniy shaxslarning manfaatlarini himoya qilish ishlarini tashkil etishda
yordam ko'rsatish vazifalarini o'z zimmasiga oluvchi tovar ishlab
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining viloyatlarda hududiy bo'limlari ham
tashkil etildi. Kichik biznesni qo'llab-quv-vatlash uchun tadbirkorlikni
rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish
fondi tuzildi. Tadbirkorlarga va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish
maqsadida ilmiy-texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik va o'rta
biznesni qo'llab-quwatlash markazini tuzdi. Yevropa va O'rta Osiyodagi Amerika
tadbirkorlik fondi va Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga
ko'maklashmoqda. O'tgan
yillar mobaynida mamlakatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va
Vazirlar mahkamasi qarorlari talablari asosida hususiy tadbirkorlik, kichik va
o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
oshirildi. Jumladan, xususiy tadbirkorlar, kichik va o'rta biznes
subyekt larini moliyaviy qo'llab-quwatlash maqsadida ajratilgan kreditlar miqdori yildan yilga oshirib
borilmoqda. Faqatgina 2002-
yilning o'zida mamlakat tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektнlariga o'z mablag'lari, byudjetdan tashqari jamg'armalar va xorijiy kredit liniyalari hisobidan jami 265 milliard so'm miqdorda kreнditlar
ajratildi. Ajratilgan kreditlarning 180 milliard so'mi yoki 67,9 foizi o'rta va
uzoq muddatlarga berilgan. Kichik va o'rta biznes
subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2001- yilga nisbatan 59,3 milliard so'mga ortdi. Yilda mamlakat
tijorat banklarining o'z mablag'lari hisoн bidan kichik
va o'rta biznes subyektlariga ajratilgan 175,6 milliard so'mlik kreditlarning 46,6 milliard so'mi (yoki 26,5 foizi) sanoatga, 30,9 milliard so'mi (17,6 foizi) qishloq xo'jaligiga, 57,7 milliard so'mi (32,9 foizi) aylanma mablag'larni to'ldirishga, 17,6 milliard so'mi (10,1 foizi) qurilishga,а 22,6 milliard so'mi
(12,9 foizi) boshqa tarmoqlarga yo'naltirilgan. Yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda
mavjud tijoн rat banklarining jami mablag'lari 32 foizga ortdi, kreditlarning
qaytarilish darajasi yaxshilandi. Bu esa, o'z navbatida,
o'tgan yarim yillikning o'zida berilgan kreditlar hajmini 36 foiz oshirishga imkon tug'dirdi. Ushbu misollarda ko'rsatilganidek mamlakatimizda davlat va hukumat
tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash, ularga iqti-sodiy ko'mak berishga ustuvor vazifa sifatida qarab kelinmoqda. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar o'ziga xos tarzda amalga
oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomonidan qo'llab-quwatlashga katta e'tibor berildi. Adabiyotlar: 1.
I.A.Karimov.
O`zbхkistonа iqtisodiyа islohotlarniа chuqurlashtirishаа yo`lida.а T.: O`zbхkiston,
1995. 2.
I.A.Karimov.
Qishloq xo`jaligi taraqqiyoti Ц to`kin hayot manbai. T.: O`zbхkiston, 1998. 3.
I.A.Karimov.
Tarixiy xotirasiz kхlajak yo`q.
T.Sharq-1998. 4.
I.A.Karimov O`zbхkiston buyuk
kхlajak sari. Asarlar to`plami. T.O`zbхkiston, 1998. 5.
O`zbхkistonning yangi tarixi. 3-kitob Mustaqil O`zbхkiston tarixi. T.,Sharq 2000 6.
O`zbхk xalqi va davlatchiligi tarixi. T.,1999
y. 7.
Azamat Ziyo O`zbхk
davlatchiligi tarixi. T. Sharq 2000. 8.
A.Sagdullaхv va boshqalar. O`zbхkiston tarixi: davlat va jamiyat
taraqqiyoti T. Akadхmiya 2000. 9.
O`zbхkiston tarixi. T., Sharq 2000 |
й H.T.D. 2008 y.
|