Hazorasp qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejiga marhamad aziz bitkazuvchi - 2009 yil "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi" yili !!!
reting

Prezidentimiz I.A.Karimov 2008 yilni «Yoshlar yili deb e’lon qildilar. Yoshlarimiz orasidan bilimli, zukko, so’g’lom, chaqqon, istedodlarni tanlab olish maqsadida 2008 yil 11- fevral kuni kollejda «Yilning eng iqtidorli talabasi» ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.  Tanlovda kollejning uch yo’nalishidan 6 talaba ishtirok etdilar. Ular nizomda ko’rsatilgan shartlarni bajarib, o’zlarining iqtidorini namoyish qildilar.

Shartlar quyidagilardan iborat edi:

  1. Har bir ishtirokchi o’zini va o’qiyotgan kollejini tanishtirishi kerak.Ishtirokchi o’z kiyimiga, timsoliga, al’bom hamda bayonnomaga ega bo’lishi kerak.Tanishtirish shartida o’z jamoasidan foydalanishi va musiqiy qo’shimchalar ham ishtirok etishi mumkin (5 daqiqa).
  2. Ishtirokchilarning bilim darajasi va savyasini aniqlash. Bunda har bir konvertda ma’naviy, siyosiy va huquqiy bilim asoslarida 3 tadan savol tuziladi. Savolga javob tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
  3. Har bir ishtiroqchi buyuk siymolar va allomalar timsolida badiiy o’qish (monolog) A. Navoiy, To’maris, J. Manguberdi va h. Kiyimlari o’brazlarga mos bo’lishi shart 5 daqiqa.
  4. Hozirgi kundagi eng global muammolarni sahna ko’rinishi orqali ochib berish. (Ishtirokchi jamoadan foydalanishi mumkin) 10 daqiqa.
  5. Badiiy qism: Har bir ishtiroqchi o’zining san’at sohasidagi iqtidorini namoyish qilishi  kerak 5 daqiqa. (Qo’shiq, raqs,  badiiy o’qish va h).

Talabalarning bajargan ishlarini hay’at a’zolari baholab bordilar. Ko’rik tanlov so’nggida ijtimoiy iqtisodiy yo’nalishdan 11/1-guruh talabasi Qurbanova Sohiba g’olib deb topildi.

Hosted by uCoz

© H.T.D. 2008 y.

Hosted by uCoz